Shukurali Po'latov va Abbos Maxstaliev "Cementchi" ko'rigida

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2018
Joriy mavsum Superligada ishtirok etilishi kutilayotgan “Cementchi” o'z qarorgohida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Quvasoyliklar tarkibiga himoyachi Shukurali Po'latov bilan yarim himoyachi Abbos Maxstaliev kelib qo'shildi.

Ishqibozlarga yaxshi ma'lumki, Po'latov o'tgan mavsumni Navoiyning “Qizilqum” jamoasida o'tkazgandi. Maxstaliev esa avvaliga “Neftchi” so'ngra “Navbahor”da xarakat qildi. Ayni damda ushbu futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia