Shuhrat Toshpo'latov: "Surxon"ning murabbiylar shtabidagi o'zgarishlari biz uchun yangilik bo'lib turgandi"

Iskandarov Abdulaziz
10 sen 2022, 20:17
Coca Cola Superligasining 18-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng qarshiliklar murayubbiyi Shuhrat Toshpo'latov fikrlarini bildirdi.



"Barcha "Nasaf" muxlislarini ishonchli g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yinga kelsak, yigitlarga rahmat aytaman. Hujumda mazmunli o'yin ko'rsatib, himoyada tartibli harakat qilib g'alaba qozondik. "Surxon" ham yaxshi taassurot qoldirdi. Chunki bizga ularning murabbiylar shtabidagi almashinuvlari biz uchun yangilik bo'lib turgandi. Qanday uslubda to'p tepishi yangilik hisoblanardi. Avvalgi murabbiy boshqaruvida jamoa ko'proq uzun paslar bilan o'ynardi. Bugun aksi kuzatildi. To'pni ko'proq nazorat qilib hujumlar qildi. Jamoamiz mudofaa chizig'ida yaxshi o'ynadi va quruq seriyamiz davom etadi",- deydi Toshpo'latov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia