Shtyoger: "Boltning jismoniy sifatlari futbolnikidan katta farq qiladi"

Aslanov Jasurbek
24 mar 2018, 18:14
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Peter Shtyoger jamoa mashg'ulotlarida yamaykalik engil atletikachi Useyn Bolt ishtirok etayotgani borasida izoh berdi.

"Useyn nihoyatda xushxulq inson. U byuuk sportchi, ammo doimo yerda yuradi. U bilan tanishish va ishlash biz uchun sharaf. Bolt yuqori darajadagi jamoa bilan shug'ullanishni orzu qiladi. U maydonda rohatlanadi. O'ylashimcha, bu yigit iqtidorli. Biroq agar Bolt yuqori darajada o'ynamoqchi bo'lsa, hali ko'p ishlashiga to'g'ri keladi, chunki uning jismoniy sifatlari futbolnikidan katta farq qiladi" - deydi Shtyoger.

Bolt futbolchi bo'lishni istayotgani haqida bir necha marotaba takidlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com