

Jamoa hujumchisi Shoxruz Norxonov tayyorgarlik to'g'risida fikr bildirdi.
“Mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'tgan yili oliy ligada ilk bor ishtirok etganimiz uchun biroz yaxshiroq natija qayd eta olmadik.
Birinchi marotaba elitada qatnashganimiz uchun tajribamiz ham kam bo'ldi. Lekin kerakli natijani qo'lga kiritdik. Bu yilgi chempionat bahslari biz uchun boshqacha bo'ladi. Chunki oldimizga yuqori o'rinlarni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Bu yil “Obod” boshqacha bo'ladi”, - deydi jamoa futbolchisi Shoxruz Norxonov.




