Shoxjahon Abbosov: "Zomin" jamoasi o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan"

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2019, 07:22
V PRO-Liga to'purarlaridan biri, "Zomin" jamoasi futbolchisi Shoxjahon Abbosov saytimizga intervyu berdi.

Avvalambor, futbol uchrashuvlarida stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan jamoamiz muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Futbolga kirib kelishimda murabbiylarim Nodir aka Xalilov, Jamshid aka Botirovlarni hissasi katta bo'lgan.

Dastlab "Mashal" futbol klubi akademiyasida tahsil olganman. "Zomin" jamoasiga kelib qo'shilishimdan avval "Mashal", "Navbahor" va "Cementchi" jamoalarida o'ynaganman. Ayni damda "Zomin" jamoasi o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ymoqda, klub infratuzilmasiga alohida e'tibor qaratilgan, xususan stadion va bazalar tubdan yangilanmoqda.

Nasib qilsa joriy mavsum yakunida A PRO-Liga yo'llanmasini qo'lga kiritishni, kelajakda Superligaga chiqishni maqsad qilganmiz. Albatta har bir futbolchi orzu qilgani kabi, men ham milliy terma jamoamiz safida maydonga tushishni o'z oldimga vazifa sifatida qo'yganman - deydi Shoxjahon Abbosov.

Ma'lumot uchun, Shoxjahon Abbosov joriy mavsumda "Zomin" safida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 11ta gol urdi.

Bekzod Tolibov yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia