Shou - ketma-ket ikkinchi oy MYUning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi

Alisher
30 mar 2021, 11:00
"Manchester Yunayted" muxlislari Lyuk Shouni jamoaning martdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topishdi.

25 yoshli angliyalik futbolchi ushbu mukofotni ketma-ket ikkinchi oy qo'lga kiritdi. Shou ovoz berishda darvozabon Din Xenderson va himoyachi Viktor Lindelyofni ortda qoldirdi.

Shou APL 27-tur doirasidagi "Manchester Siti" (2:0)ga qarshi o'yinda gol urishga erishgan edi.

Futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manutd.com