“Sho'rtan”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2020, 20:16
Bir necha yillardan buyon PRO-Ligada ishtirok etib kelayotgan “Sho'rtan” jamoasida yana bosh murabbiy o'zgardi.

Bungacha boshqaruv postida faoliyat yuritgan Syergey Kovshov vazifasidan ozod etildi.

Klub rahbariyati bosh murabbiylikka Asror Aliqulovni qaytarishni maqul ko'rdi. O'tgan yili PRO-Ligada “Mashal”ni mustaqil boshqarib, Supyerligaga olib chiqqan Asror Chorievich endilikda G'uzor jamoasini ham kuchlilar safiga qaytarish uchun astoydil ishlaydi.

Aytish kyerakki, “Sho'rtan” jamoasi Aliqulov uchun begona emas. Boisi 42 yoshli murabbiy ilgari ushbu jamoada ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ishlagan. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, jamoani 2019 yil bo'yicha futbolchilar va ishchi xodimlardan qarzdorligi mavjud. Jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlikni qachondan boshlashi hozircha aniq emas.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia