"Sho'rtan"dan bir o'yin tarixi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2019
G'uzorning "Sho'rtan" klubi bir o'yin tarixi ruknini yo'lga qo'ydi.

O'z tarixida ilk bor Xalqaro musobaqa - OFK (Osiyo futbol Konfederatsiyasi) Kubogida ishtirok etgan “Sho'rtan” jamoasi 2011 yilning 13 aprel sanasida “V” guruhining 2-tur uchrashuvini o'tkazdi. 

“Sho'rtan” (G'uzor, O'zbekiston) - “Al-Ittihod” (Aleppo, Suriya) - 1:1. G'uzor “Markaziy” stadioni. 6 350 tomoshabin.
Hakamlar: 
CH.Qurbonov, B.Allaberganov, I.Barabash (hammasi Turkmaniston). Zaxira hakami: R.Ishmatov (Tojikiston).    
Gollar: I.Taran (45) - M.Yugovich (3).

Qashqadaryolik otaxon foto suratchi Murod Komilov tomonidan tarixga muhrlangan o'sha o'yin davomidagi qiziqarli holatlardan lavhalarni e'tiboringizga havola etamiz. “Oq bo'rilar” jamoasining yaqin o'tmishdagi tarixiga bir nazar tashlang, ko'ring, zavqlaning, fikrlaringiz bilan o'rtoqlashing.

Bugundan e'tiboran “Sho'rtan” jamoaning tarixiy o'yinlari va foto lavhalarini doimiy ravishda berib borishga harakat qilamiz.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Шўртан” матбуот хизмати