"Sho'rtan" bugun Toshkentda yig'ildi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2014, 17:08
Birinchi liganing "G'arb" mintaqasida karvonboshchilik qilgan G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi ma'lum muddatlik tatildan so'ng o'zining davralar oralig'idagi ilk yig'iniga kirishdi.
Jamoa a'zolari ayni paytda Toshkentdagi O'zbekiston mehmonxonasida yig'ildi. Kechki paytgi mashg'ulot "NBU-Osiyo"ning uy stadionida o'kaziladi. 25 iyulga qadar poytaxtda shug'ullanilgach, shu kuni Chorvoqqa yo'l olinadi. Tog'li hududda murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo'yicha ish olib boradi. Rejaga ko'ra g'uzorliklar Chorvoqda 6 kun davomida shug'ullanadi va so'ngra yana Toshkentga qaytiladi. Bu orada "Sho'rtan" sinov-nazorat o'yinlarida ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Unga ko'ra, 27 iyul kuni "Neftchi" va 30 iyul kuni esa "Navbahor" bilan kuch sinashiladi.

Hozircha tarkibda jiddiy o'zgarishlar ro'y bergani yo'q. Birgina Muqim Toshmatov jamoa lagerini tark etdi. Birinchi bosqichda asosan zaxirada o'tirgan futbolchi ayni damda Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi yig'inida ishtirok etmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia