Shomurodovning agenti "Tezkor studiya"dagi insayd ma'lumotni tasdiqladi

16 may 2020, 22:38
"Rostov"da to'p tepayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning top-ligalarga yo'l olishi haqida anchadan buyon gapirilyapti.

Saytimiz orqali e'tiborinizga havola qilinayotgan "Tezkor studiya" dasturining 15 mayda o'tkazilgan sonida "Championat.asia" asoschisi Gayrat Xasbiulin Eldorga Germaniya Bundesligasidan aniq takliflar borligi haqidagi insayd ma'lumotni taqdim qilgandi.

Bugun futbolchining agenti, ProSportsManagement kompaniyasi rahbari German Tkachenko "Akademii futbola" jonli efiri vaqtida ham buni tasdiqladi.

Uning so'zlariga ko'ra, chindan ham Eldor Shomurodovga Germaniya klublari qiziqish bildiryapti va ular bilan muzokaralar o'tkazilmoqda. Ammo muzokaralar jarayoni futbol va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga jiddiy ta’sir o'tkazayotgan umumiy iqtisodiy inqiroz tufayli murakkablashmoqda. Nemis klublaridan birining vakili bunday vaziyatda Shomurodovni xarid qilish  uchun kimnidir sotib yuborishi kerakligini takidlagan.

Masharipov shartnoma imzolagan "ProSportsManagement" agentligining mashhur mijozlari bilan tanishing

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru