Shomurodov va "Rostov" "qora anana"ni buza oladimi? Prevyu

Narzulla Saydullayev
8 avg 2020, 15:52
Bugun Rossiya premyer-ligasida yangi mavsumga start byeriladi.

O'zbekiston tyerma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyat olib borayotgan "Rostov" klubi 1-turni Saransk shahrida "Tambov" klubiga qarshi o'tkazadi.

"Tambov" o'tgan mavsum Premyer-ligada qolish uchun kurashdi hamda vazifani bajara oldi. Yangi mavsumda ham klub katta ehtimol bilan yana shu vazifa uchun harakat qiladi, yani ligada jon saqlab qolish uchun.

"Rostov" o'tgan mavsum oxirida koronavirus tufayli katta muammolarga duch keldi. Shu bois ham Karpin jamoasi YCHL yo'llanmasi uchun kurashni boy byerib qo'yishdi. Rostovliklar o'tgan chempionatni 5-o'rinda tugatishdi va Yevropa ligasi saralashida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi.

Bugungi bahsda "Rostov" favorit, biroq o'zaro o'yinlar tarixiga e'tibor qilsak ustunlik "Tambov" tomonida. Bu klublar hozirga qadar chempionatda ikki bor to'qnash kelishgan va ikkala o'yinda ham "Tambov" 2:1 hisobida g'olib bo'lgan.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa 28 fevraldan buyon gol ura olmayapti. Bugungi bahsda "Rostov" ham, Shomurodov ham o'zlari uchun "qora anana"ga barham byerishlarini kutamiz.



Mavsum oldidan "Tambov"ga kelgan yangi futbolchilar ro'yxati:
Syergey Rijikov ("Krilya Sovetov")
Vitaliy Balashov ("Olimpik", Ukraina)
Aleksandr Karapetyan ("Sochi")
Kirill Panchenko ("Dinamo")
Aleksandr Golovnya ("Rodina")
Nikita Chichyerin ("Krilya Sovetov")


Mavsum oldidan "Rostov"ga kelgan yangi futbolchilar ro'yxati:

David Toshevski ("Rabotnichki", Makedoniya)
Nikolay Poyarkov ("Rubin")
Aleksandr Smirnov ("Ximki")
Konstantin Kovalev ("Avangard")
Kento Xashimoto ("Tokio", Yaponiya)



Tambov - Rostov
8 avgust. Saransk. "Mordoviya Arena" stadioni. 20:30 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam
- Stanislav Vasilev (Ijevsk).
Translyatsiya - "Match-Premyer".

TAXMINIY TARKIBLAR:

"Tambov": 5-4-1:
Rijikov, Ribin, Shlyakov, Oyevole, Takazov, Kaplienko, Kostyukov, Chupyerka, Tetrashvili, Kilin, Kalmikov.

"Rostov": 4-2-3-1: Pesyakov, Kozlov, Osipenko, Xadjikadunich, Chyernov, Normann, Glebov, Ionov, Popov, Bayramyan, Eldor Shomurodov.

Yo'qotishlar: yo'q - Dmitriy Chistyakov (jarohat).


Mazkur bahs championat.asia saytida matnli translyatsiya qilinadi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia