Shkrinyar PSJga o'tmoqchi

Alisher
11 iyun 2022, 11:40
PSJ "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarni xarid qilmoqchi.

27 yoshli slovakiyalikning o'zi Parij klubiga o'tishga qiziqmoqda.

Milan klubi parijliklarning 50 mln evrolik ilk taklifini rad etdi. "Inter" himoyachi uchun 80 mln evro olmoqchi, ammo muloqotga kirishishga tayyor.

Slovak 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 48ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport