Shevchenko nega Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi?

Sherzod Nurmatov
1 avg 2021, 21:04
Andrey Shevchenko yangi shartnoma shartlari bo'yicha kelisha olmagani tufayli Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Manbaning xabariga ko'ra, Shevchenko murabbiylar shtabining umumiy yillik daromadini 3 million evrogacha ko'tarishni so'ragan, biroq Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbariyati undan ikki baravar kam miqdordagi summani taklif etgan.

Eslatib o'tamiz, Shevchenko qo'l ostidagi Ukraina terma jamoasi Yevropa chempionati chorak finaliga qadar yetib borib, Angliyaga 0:4 ga yutqazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: obozrevatel.com