Shevchenko "Lacio" bilan o'yindan keyin "Jenoa"ning antirekordini yangiladi

Alisher
18 dek 2021, 10:38
"Jenoa" Italiya chempionati 18-tur doirasidagi "Lacio" (1:3)ga qarshi o'yinda mag'lub bo'ldi.

Andrey Shevchenko shogirdlari klub antirekordini o'rnatdi.

Ukrainalik o'zining dastlabki olti o'yinida biror marta g'alaba qozona olmagan ilk murabbiy bo'ldi. Jamoa faqatgina Italiya Kubogi doirasida "Salernitana" (1:0)ni yutdi.

"Jenoa" ayni damda 18 o'yindan so'ng 10 ochko jamg'argan holda, jadvalda 18-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia