Shensni bir oy ichida ikkinchi marta jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2022, 17:38
"Yuventus" darvozaboni Voycex Shensni bir oy ichida ikkinchi marta jarohatlandi, deb xabar berdi turinliklar matbuot xizmati.

Avvaliga Shensni 7 avgust kuni "Atletiko"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (0:4) jarohat olgandi. Chorshanba kuni u A Seriyaning 4-turida "Speciya"ga qarshi o'yinda (2:0) yana jarohat oldi va birinchi taymda almashtirildi. Shifokorlar bog'lamlar kapsulida sinish yoki jiddiy zarar borligini istisno qilishdi, biroq darvozabonning to'pig'i shikastlanganini aytishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com