“Sheffild Yunayted” darvozaboni APL yetakchisi bo'lib turibdi

22 okt 2019, 08:51
“Sheffild Yunayted” kecha APLning 9-turi doirasida o'z uyida “Arsenal”ni 1:0 hisobida engdi.

Jamoa darvozaboni Din Xenderson APL joriy mavsumida shu tariqa 4-o'yinni “quruq” o'tkazdi. Din “quruq o'yin” o'tkazish bo'yicha APLda yetakchilardan biri bo'lib turibdi. “Manchester Siti” posboni Ederson ham joriy mavsum APLda 4 ta o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi. Bundan tashqari Din o'tgan mavsum avvalidan hisoblasa, 25 ta “quruq o'yin” o'tkazdi. Bu esa Angliyaning to'rtta divizion klublari posbonlari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich hisobalanadi.

Xendersonning transfer huquqi “Manchester Yunayted”ga tegishli.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta