"Shaxtyor" bilan o'yinda Sanches va Sensi "Inter"ga yordam berolmaydi

26 okt 2020, 23:10
Milanning "Inter" klubi YCHL guruh bosqichi 2-turida "Shaxtyor"ga qarshi maydonga tushadi. Jamoa allaqachon Kievga yo'l olgan.

Corriere dello Sport xabariga ko'ra, "Inter" vakillari Stefano Sensi va Aleksis Sanches Italiyada qolishgan. Takidlanishicha, har ikki futbolchining mushaklarida muammolar yuzaga kelgan.

Ma'lumot uchun, "Shaxtyor" - "Inter" o'yini 27 oktyabr kuni o'tkaziladi. 1-turda "neradzurrilar" "Borussiya M" bilan durang o'ynagan bo'lsa (2:2), "Shaxtyor" mehmonda "Real"ni mag'lub qilgandi (3:2).

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport