Shavkat Saidov: “Bosh murabbiyning topqirligi ish berdi”

Narzulla Saydullayev
25 okt 2015
“Qo'qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumaning birinchi qismida “Metallurg” jamoasi boshlig'i Shavkat Saidov ishtirok etdi.

Bugungi g'alaba bilan qo'qonlik muxlislarni tabriklayman. Birinchi bo'limning o'zida uchrashuv taqdirini hal etishimiz mumkin edi. Ammo vaziyatlardan foydalana olmaganimiz oqibatida mag'lubiyatga uchradik. Ikkinchi taymda mezbonlar shiddatli hujumlarni tashkil etishdi va haqli g'alaba erishishdi. Aytish joizki, maydon egalarining g'alabasida bosh murabbiyning topqirligi ish berdi. Aynan ikkinchi taymda maydonga tushgan futbolchilar g'alabaga hissa qo'shishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz