Sharmandali mag'lubiyatdan so'ng Amorim nimalar dedi?

Khoja
25 noya 2025, 10:12
MYU bosh murabbiyi Ruben Amorim kechagi mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Ular to'liq tarkib bilan ham, o'n kishi bilan ham kuchliroq ko'rindi. Biz kerakli darajada o'ynamayotganimizni payqadim. Ular haqiqatan ham g'alabaga haqli edilar.

Raqib futbolchisining maydondan chetlatilishi bizning foydamizga ishlashi kerak edi. Ular o'n kishi bilan o'ynasa, hujum zonasida ularga biz bosim o'tkazishimiz kerak edi. 

Bu orqaga qadam kabi tuyuladimi? Ha, ayniqsa, biz qanday harakat qilganimiz bilan solishtirganda. Natija haqida o'ylamasligimiz kerak. Natija haqiqatdan ham juda yomon, lekin meni o'yin davomidagi futbolchilarning maydondagi holati ko'proq tashvishga solmoqda. Bugun hamma bor kuchi bilan o'ynashi kerak edi.

Ertaga mashg'ulotimiz bor va barcha masalalarni muhokama qilamiz", - dedi Amorim.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com