"Shanxay SIPG" safida argentinalik futbolchi shug'ullanmoqda (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2018, 12:02
"Shanxay SIPG" klubi 1 yanvar kuni to'liq tarkibda "Shanxay" stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

O'z vaqtida "River Pleyt", "Fluminense" klublarida to'p tepgan argentinalik yarim himoyachi Dario Konka ayni damda Vitor Pereyra qo'l ostida shug'ullanmoqda. Konka aslida "Shanxay SIPG" futbolchisi hisoblanadi. U 2017 yilni "Flamengo"da ijarada o'tkazdi.

Dario Konka 2011 yilda sayyoramizning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi edi. O'sha paytda u "Guanjou Evergrand"dan yiliga 16 mln. evro maosh olardi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia