Shamax "Kristal Pelas" bilan to'laqonli shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2014, 17:17
Maruan Shamax "Kristal Pelas"da o'ynashda davom etadi.
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, marokashlik futbolchi ushbu haftada klub bilan shartnoma tuzadi. Shamax o'zining maoshi ikki barobar kamayishiga rozi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Kristal Pelas" ushbu futbolchini "Arsenal"dan ijaraga olgandi.

Shamax "kanonirlar" safida 70 ming funt maosh olayotgandi, "Kristal Pelas"da esa endi 40 ming oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru