Shalke hujumchisi Embolo 4-6 oy maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2016, 23:30
Shalke klubi hujumchisi Brel Embolo Augsburg bilan o'yinda olgan jarohati tufayli operaciya qilindi.

Futbolchi endi 4-6 oy davomida davolanadi. Shveytsariyalik futbolchining suyagi sinishidan tashqari ikkita mushagi uzilgani ham ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Embolo Shalkega yozda Bazel klubidan ko'chib o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: schalke04.de