Shahzodbek G'ofurbekov: "Jasur Abduraimovga katta rahmat aytaman"

Narzulla Saydullayev
14 may 2021, 12:19
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Metallurg" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Shahzodbek G'ofurbekov fikrlarini bildirib o'tdi.

- Avvalombor hamma yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak "Lokomotiv"ga qarshi o'yin juda qiyin bo'ldi. Jamoamizga g'alaba juda zarur edi va biz yakunda g'alaba qozona oldik.

- Jasur Abduraimov jamoaga kelgandan so'ng Sizga va siz qatori boshqa yosh futbolchilarga imkoniyat bermoqda. Shu xaqida aytib o'tsangiz?
- Menga ishonch bildirib maydonga tushirayotganligi uchun murabbiyimiz Jasur aka Abduraimovga katta rahmat aytaman. Hamma murabbiylar ham asosiy natijani o'ylab yosh futbolchilarni maydonga tushuravermaydi. Buning uchun ulardan minnatdorman.

- “Lokomotiv” darvozasiga urgan gollaringizni kimga bag'ishlagan bo'lardingiz?
- To'g'risi o'yindan oldin “Lokomotiv” darvozasiga ikkita gol uraman deb o'ylamagan edim. Bu gollarimni meni duo qilib turgan ota-onamga bag'ishlayman. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia