

- Bugun qiyin o'yin bo'ldi. Umuman olganda, vodiy jamoalari bilan o'ynash oson bo'lmaydi. O'zim ham vodiyda o'ynaganman, buni yaxshi bilaman. Eng asosiysi g'alaba qozondik. Jamoamizning yordami bilan ikkita to'p kiritdim. Oxirigacha harakat qilganimiz evaziga g'alabani o'shlab qoldik. Xalqimizni kelayotgan bayram bilan tabriklayman. Osmonimiz musaffo bo'lib, olimpiyachilarimiz singari barcha sportchilarimiz xalqimizni xursand qilaversin, - deydi Erkinov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



