Shahboz Beg'amov: "Yaxshiboevga Belgiyaning 10 karra chempioni qiziqmoqda"

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2020, 16:09
Belarus mamlakatida o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchi kuchliroq chempionatga o'tishi mumkin.

"Jasur Yaxshiboevga Belgiyaning "Standard" jamoasi jiddiy qiziqmoqda. Klub "Paxtakor"ga transfer masalasi bo'yicha rasman so'rov yuborgan va Yaxshiboevning transfer qiymatini qancha baholanishini so'ragan", - deb yozadi Shahboz Beg'amov telegramdagi o'z kanalida.

Ma'lumot uchun, o'z mamlakatining 10 karra chempioni "Standard" klubi bu mavsum Belgiya chempionatida 5-o'rinni egalladi va keyingi mavsum Yevropa ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Belgiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan avval yakunlangan edi. 

Ayni paytda Yaxshiboev ijara asosida "Energetik-BGU" klubida o'ynamoqda. 13ta turdan keyin "Energetik" 22 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. Hamyurtimiz hozirga qadar 7ta gol urib to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia