Shackixning “Goverla”si Xitoy klubidan mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2015, 07:52
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan Ukrainaning “Goverla” klubi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Hamyurtimiz Maksim Shackix to'p tepayotgan Ujgorod klubining bu galgi raqibi Xitoyning “Guychjou Jenxe” jamoasi bo'ldi.

Uchrashuv Chin yurti jamoasining 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Shackix boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. “Goverla”dan gollarni Kravchenko va Kaverinlar kiritishdi. Endi Maksimning jamoasi 28 yanvar kuni “Yagelloniya” (Belostok, Polsha) klubi bilan hisob-kitob qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com