"Sevilya"dagilar Unai Emeriga to'la ishonishadi
Tolibjon Qosimov
4 fev 2014, 19:40
"Sevilya" sport direktori Ramon Rodriges Monchi klub bosh murabbiyi Unai Emerini qo'llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda "Marca" nashri.
Uning aytishicha klub murabbiyga to'la ishonadi va o'rniga boshqa murabbiy olib kelmoqchi emas. O'z navbatida "Sevilya" prezidenti Pepe Kastro ham Emerini ishlashda davom etishiga rozi.