“Sevilya” UEFA Superkubogida antirekord qayd etdi

25 sen 2020, 09:58
Andalusiya klubi superkubok uchun bahsda “Bavariya”ga 1:2 hisobida engildi.

“Sevilya” hozirga qadar UEFA Superkubogida 5 marta mag'lub bo'ldi (shulardan 3 ta mag'lubiyat qo'shimcha bo'limlarda). Bu esa musobaqa antirekordi hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda esa 4 ta mag'lubiyatga uchragan "Barselona" bormoqda. Quyidagi klublarda esa 3 tadan mag'lubiyat bor: “Real”, “Portu”, “Bavariya”, MYU va “Chelsi”.

“Sevilya” UEFA Superkubogini faqat bir marta yutgan. Andalusiyaliklar 2006 yilda “Barselona”ni 3:0 hisobida taslim qilib, sovringa ega chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru