"Sevilya" himoyachisi Parexa 8 haftaga safdan chiqdi
Tolibjon Qosimov
19 avg 2013, 20:25
"Sevilya" himoyachisi Nikolas Parexa elkasidan jarohat oldi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
"Spartak"ning sobiq himoyachisi tibbiy ko'rikdan o'tgach jarohatining qanchalik jiddiy ekani ma'lum bo'ldi. Futbolchi taxminan 8 hafta davolanadi. Parexa Ispaniya chempionatining 1-turida "Atletiko"ga qarshi o'yinda (1:3) maydonga tushgandi.