Serxio Ramos: "PSJ Chempionlar ligasini yutishga yaqin"

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2021, 08:33
PSJ himoyachisi Serxio Ramos yangi klubining YCHLdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Klubda g'olib bo'lish uchun istak va xohish juda yuqori ekanligini his qildim. Ular bungacha finalga chiqishgan va endi unda g'olib bo'lishga yaqin. Bu meni o'ziga jalb qildi. Bu ideal tanlov bo'lishi mumkin.

Agar chempionlikka o'z hissamni qo'sha olsam xursand bo'laman. Faoliyatimdagi beshinchi, klub tarixidagi birinchi Chempionlar ligasini yutish – bu mening orzum", – deydi ispaniyalik himoyachi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com