Serxio Ramos: “Grizmann ajoyib futbolchi”

Aslanov Jasurbek
28 mar 2017
Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramos Fransiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan faranglar hujumchisi Antuan Grizman haqida gapirib o'tdi.

“Grizmann ajoyib futbolchi. U Ispaniya chempionatini kuchayishiga o'z hissasini qo'shmoqda.

Men unga doim omad tilayman. Faqat menga qarshi bahslarda emas. Hozir biz Fransiya termasi bilan, keyin esa Madrid derbisida bir-birimizga qarshi maydonga chiqamiz.

Ammo Antuan yaxshi yigit, professional hamkasb”, deydi Ramos.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru