
- Maydonga qaytib “Blekbern”ga qarshi o'yinda gol urganimdan xursandman. Fikrimcha, bir haftadan so'ng avvalgi jismoniy holatimni qayta tiklayman. Shunday ekan “Barselona”ga qarshi o'yinga tayyor bo'laman. Biroq bundan oldin bizni chempionat doirasida ko'plab o'yinlar kutib turibdi, - Agueroning so'zlarini keltiradi "Manchester Siti" klubi rasmiy sayti.