Serxio Aguero: "Hozirgi "Manchester Siti" istalgan turnirni yutishi mumkin"

Mirjalol Normatov
17 fev 2019, 18:40
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero klubning hozirgi holatidan mamnun.

"Agarda jamoa Angliya kubogining ushbu bosqichiga qadar yetib kelgan bo'lsa va oldidagi barcha 4 turnirlarda g'oliblik uchun imkoniyati bor bo'lsa, demak, bu yaxshi jamoa.

Buni amalga oshishini istagan bo'lardim. Mening maqsadlarim yuqori va shu boisdan maqsadlar sari intilishim kerak. Oldin bu ishni kimdir takrorlamaganini bilaman, biroq tarixga kirishni istaymiz. Ushbu turnirlarning finallarida gol urishni ham xohlayman.

Ushbu "Manchester Siti" barcha sovrinlarni yuta oladi. Bu bizning vazifamiz", - dedi Aguero

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal