Server Jeparov: “Musobaqa o'tkazilayotganga ham o'xshamayapti”

Aziz Tukhtamuradov
8 yanv 2015, 18:11
O'zbekiston milliy terma jamoasi Sidney shahrida Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Bugun futbolchilarimiz navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishdi. Mashg'ulot yakuniga etgach, terma jamoamiz sardori Server Jeparov bilan bog'lanib, qisqacha intervyu oldik.

“Mashg'ulot ko'ngildagidek o'tdi. Faqat mashg'ulot chog'ida kuchli shamol esib turdi. Maydonning holati shu kungacha Sidneyda o'tkazgan maydonlardan yaxshi. Buni ham qayd etish lozim. Lekin Sidneyda ushbu mamlakatda Osiyo Kubogi o'tkazilayotgani unchalik sezilmayapti. Bu yerda kriket, suzish kabi sport turlariga qiziqish yuqoriroq. Biz bu narsaga e'tibor qaratmayapmiz. KXDR bilan kechadigan uchrashuvga katta ishtiyoq bilan hozirlik ko'ryapmiz”, - dedi S.Jeparov.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com