

"Og'ir o'yin bo'ldi. Yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi. Raqibda 2ta yaxshi vaziyat bo'ldi. Qaysidir manoda bizga omad yetishmadi. O'ylashimcha, "Paxtakor" bilan bahsda ko'p kuch yo'qotib yubordik shekilli.
Tarkibimizda yoshlar ko'p. Bu esa muntazam ravishda stabil o'yin ko'rsatishimizga yo'l qo'ymayapti.
Ishlashda, mehnat qilishda davom etamiz. Hali o'yinlar ko'p, o'ylaymanki, mavsum so'nggida hammasi yaxshi bo'ladi", - deydi Sergey Lushan.
"Bunyodkor" matbuot xizmati



