Sergey Kovshov: "Obod" - debyutant, lekin bugungi o'yin qiyin bo'lishi aniq"

Narzulla Saydullayev
5 mar 2016, 12:39
"Qo'qon-1912" - "Obod" o'rtasidagi o'yindan oldin mezbon jamoasi ustozi Sergey Kovshov o'z fikrlarini bildirdi.

"Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. "Obod" - debyutant hisoblanadi. Lekin bugungi o'yin qiyin bo'lishi aniq. Yoshlarimizning muvaffaqiyati kattalarga ham kuch berib turgandek ko'rinyapti. Bugun g'alaba qozonishni istaymiz".

"Muxlislarga keladigan bo'lsak, qo'qonliklar futbolni sevishadi, jamoani qo'llab-quvvatlash uchun sevimli jamoasi o'yiniga tashrif buyurishadi. Biz ijobiy natija bilan ishqibozlar sonini yanada oshirmoqchimiz. Muxlislar maydonga kelishi uchun albatta g'alaba qozonish kerak", - deydi Sergey Kovshov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia