Sergey Lushan: "Qiyin o'yin bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2015, 21:35
"Bunyodkor" - "Olmaliq" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezmonlar ustozi Sergey Lushan qatnashdi.
"Og'ir o'yin. Maydon chetida turib bir necha kilogram yo'qotdik. Juda ham issiq bo'ldi. Bir qator vaziyatlardan foydalana olmadik. Hech kimga etiroz yo'q. Yigitlarga rahmat aytaman", - deb gap boshladi Sergey Lushan.

"Vohid Shodiev ancha o'ziga kelib qoldi. Shaker Zuagi esa hozircha u qadar tayyor emas. Sekin asta ularga ko'proq vaqt berib boramiz".

"Rashidovning o'rnini asosan akademiya orqali to'ldiramiz. Transfer siyosatimiz o'zgarmaydi".

 "Olmaliq"qa o'ynashga imkon bermadik. Shu bois ham hujum qila olishmadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia