Rafinya "Barselona" tarixiga kirdi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2026, 20:33
"Barselona" futbolchisi Rafinya Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik" darvozasiga ikki bora yo'l topdi.

Kataloniya klubining 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Rafinya klubning top-50 to'purarlari ro'yxatiga kirdi.

Rafinya o'tgan yilda barcha turnirlarda 57 o'yinda qatnashib, 34 gol va 26 assist qayd etdi. Vinger YCHLda 13ta gol urib, turnir to'purari hamda 8 assist bilan eng yaxshi assistent bo'ldi. Kataloniya klubi bilan u mamlakat kubogi, superkubogi va chempionligini qo'lga kiritdi.

Rafinya "Barselona" tarkibida umumiy hisobda 160 bahsda ishtirok etib, 63 bora raqiblari darvozasiga yo'l topdi. Shuningdek, 55 golga hammuallif bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FCBarcelona