Sergey Lushan: "Himoyaviy tomonlama tartibli bo'lgan jamoaga qarshi o'ynadik"

Aziz Tukhtamuradov
23 may 2015, 21:07
"Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan "Dinamo"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"G'alaba qozondik. Fikrimcha, himoyada chempionatimizdagi eng tartibli va kuchli o'yin ko'rsatadigan jamoaga qarshi o'ynadik. 

Uchta vaziyat bo'ldi. 3:0 hisobida ham yutishimiz mumkin edi. Futbolchilarimizning ko'pi yig'inga ketgan. Yigitlar ham qiyin o'yin bo'lishini kutishgan edi.

Nima uchun zarbalar kam bo'ldi?

Raqib jamoaning o'yin uslubiga qarab o'yin ko'rsatamiz. Qo'limizdan kelganicha o'ynadik. Vaziyatga qarab harakat qildik.

To'raev nima uchun ko'rinmayapti?

Chunki Zuhurov bir necha o'yindan beri "nol"ga o'ynamoqda. To'raevning ham biroz jarohati bor edi. Agar Murod shunday o'ynashda davom etsa u asosiy posbon bo'ladi.

Aziz To'xtamurodov


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia