Serbiya Superligasi. O'zbekiston chempionatida qaysi davlat futbolchilari ko'proq?

Iskandarov Abdulaziz
29 noya 2022, 22:37
Bu yil Superligadagi legionerlar haqidagi maqolalarimizni davom ettiramiz. Ichki chempionat bahslarida umumiy hisobda 23 xorij davlatidan 57ta futbolchilarni klublar ro'yxatdan o'tkazdi.


Qaysi davlatdan futbolchi ko'p?

Ulardan eng ko'pi odatdagidek Serbiyaga to'g'ri keldi.  14ta jamoa tarkibida 20 nafar serbiyalik o'yinchi to'p tepdi.  Bu yil AGMK, "Lokomotiv" va "Metallurg"dan tashqari barcha 11ta klubda loaqal bittadan serbiyalik bor. Keyingi o'rinda Rossiya mamlakati futbolchilari, 5 nafar. Ispaniyadan 4ta, Ukrainadan 4ta to'p teparlar harakat qildi. Avvalgi yillarga farqli ravishda gruziyalik futbolchilar bu mavsumda 3 nafar bo'ldi. Vaholanki, bitta jamoada shuncha Gruzin futbolchilari to'p tepganiga ko'p guvoh bo'lganmiz. Balki 2023 yilda yana shu ko'rsatkich qaytar. 

Serbiya 20

Rossiya 5

Ispaniya 4

Ukraina 4

Tojikiston 5

Gruziya 3

Nigeriya 3

Qirg'iziston 2

Gana 1

Braziliya 1

Kamerun 1

Eron 1

Xorvatiya 1

Italiya 1

Moldaviya 1

Polsha 1

Argentina 1

Estoniya 1

Dominikan Respublikasi 1

Xorijliklar xizmatiga eng ko'p extiyoj sezgan jamoalar

AGMK, "Surxon", "Paxtakor" jamoalarida ushbu mavsum 7tadan legioner harakat qildi. AGMK: Alisher Jalilov (Tojikiston), Siyavash Haqnazariy (Eron), Martin Boake (Italiya), Andrey Mishenko (Ukraina), Aleksandr Kasyan (Rossiya), Georgiy Papava (Gruziya), Danu Sapataru (Moldoviya). "Surxon": Zoir Jo'raboev (Tojikiston), Luismi Kezada (Dominikan Respublikasi), Miroslav Markovich (Serbiya), Xose Martines (Ispaniya), Serxio Rodriges (Ispaniya), Ruben Sanches (Ispaniya), Xavi Ximines (Ispaniya). Eng kam ko'rsatkich "Metallurg"da bo'ldi. Bekobodliklar ikkinchi davrada bosniyalik Kerim Palichni o'z safiga qo'shib oldi. 

Kerim Palich 


Debyutantlar davlatlar

Eron (Siyavash Haqnazariy), Argentina (Gonsalo Ritakko), Polsha (Pshemislav Banashak), Dominikan Respublikasidan (Luismi Kezada) birinchi marotaba Superligaga futbolchi jalb qilindi. 

Gonsalo Ritakko 


Legionerlar limitidan to'liq foydalan klublar

O'zPFL klublar 4+1 legionerlar limitidan foydalanishga ruhsat bergan. Yakuniy ma'lumotlarga ko'ra yil davomida "Navbahor", "Surxon", AGMK, "Bunyodkor" limitdan to'liq foydalandi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia