

Mazkur uchrashuvlar oldidan taniqlik sobiq futbolchi Anvar G'ofurov o'z fikr va taxminlari bilan o'rtoqlashdi. Jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.
- Ikki jamoa jadvalda yonma-yon joylashgan. Shu bois yaxshi va kurashga boy uchrashuv kuramiz, deb o'ylayman. Bu bahsda "Olimpik" jamoasi g'alaba kozonib o'z o'rnini yaxshilasa bo'ladi.
- "Qizilqum" bu o'yinda favoritdek ko'rinyapti. Lekin jamoaga oson bo'lmaydi. Chunki "Qo'qon-1912" ochko juda zarur pallada. O'z o'rnini saqlab qolishi uchun astoydil intilyapti. Bu borada qo'qonliklarda imkoniyat bor, deb o'ylayman.
- Mazkur bellashuvda kim g'alaba qozonishini aniq aytib bo'lmaydi. Chunki ikki jamoa safida tajribali va iqtidorli futbolchilar yig'ilgan. Vaziyatlardan unumli foydalangan tomon g'alaba qozonadi. Fikrimcha, "Neftchi"da 45, AGMKda 55 foiz imkoniyat bor.
- "Paxtakor" uchun ham bugun oson o'yin o'tmaydi. Baribir ob-havo o'z ta’sirini o'tkazadi. "So'g'diyona" osonlikcha taslim bo'lmaydigan jamoalar sirasiga kiradi. Ulug'bek Baqoev shogirdlari maydonda doim oxirigacha kurashadi.



