"Selta" - Messi o'ntadan ko'proq gol urgan 22-jamoa

Mirjalol Normatov
10 noya 2019, 15:29
"Barselona" sardori Leo Messi kecha Primeroning 13-turi doirasida "Selta" darvozasiga uch bora yo'l topdi.

Endi 32 yoshli futbolchining "Selta" jamoasi darvozasiga urgan gollari soni 11taga etdi. "Gracenote Live" ma'lumotiga ko'ra, "Selta" - Messi o'ntadan ko'p gol urgan 22-jamoaga aylandi.

Messi faoliyati davomida "Barselona" tarkibida 612 bora raqiblari darvozasini ishg'ol qilishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gracenote Live