Sebastyan Frey futbolchilik faoliyatini yakunladi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2015
Darvozabon Sebastyan Frey 35 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Iyul oyida u Bursaspor bilan shartnomani bekor qilgandi, shundan keyin posbon o'ziga yangi jamoa topa olmadi.

Frey A seriyada bir qator klublarda o'ynagan. U Parmada 4, Fiorentinada 6, Jenoada 2 mavsum faoliyat olib borgan.

Darvozabon Fransiya terma jamoasi safida 2ta o'yin o'tkazgan. Parma safida Frey Italiya kubogini qo'lga kiritgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport24.lefigaro.fr