“SBS Cup” (U-19). O'zbekiston Urugvayni mag'lubiyatga uchratdi

Оқил Абдубарноев
26 avg 2022, 16:34
Yaponiyada bo'lib o'tayotgan “SBS Cup” turniri doirasidagi O'zbekiston - Urugvay uchrashuvi yakunlandi.

19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi turnirning 2-turida hamyurtlarimiz urugvaylik tengqurlariga qarshi maydonga tushib, Nodirbek Abdurazzoqovning yagona goli evaziga g'alabani tantana qilishdi.

O'zbekiston U-19 - Urugvay U-19 1:0

Gol: Nodirbek Abdurazzoqov, 36 (1:0)

O'zbekiston U-19 terma jamoasining boshlang'ich tarkibi: 1 Nadjafaliev Bayram, 4 Mirkomil Abdurazzakov, 5 Tohirbek To'xtasinov, 6 Aleksandr Zevadinov, 10 Muhammadali Usmonov, 11 Rian Islamov, 14 Mahmud Jo'raboev, 15 Javohir Utamurodov, 17 Nodirbek Abdurazzakov (c), 22 Asadbek Jo'raboev, 19 Rustambek Fomin

Zaxiradagilar: Asrorbek Kenjaev, Diyorbek Inomov, Poyonov Sunnatilla, Asadbek Kohorjonov, Daler Tuhsanov, Og'abek Asadov, Elyorbek Mo'minqulov.

Urugvay U-19 jamoasining boshlang'ich tarkibi: 12 Rafael Hornos, 4 Antoni Poiso, 13 German Peralta, 14 Matias Rodrigez, 6 Rodrigo Cabrera, 8 Xuan Jorj, 10 Franko Gonsalez (c), 15 Lorenzo Kuture, 16 Kevin Altez, 17 Bruno Morales, 18 Augusto Skarone

Zaxiradagilar: Fakundo Machado, Xuan Rodrigez, German Barnos, Renzo Sanches, Jonatan Rey, Lusiano Inverso.

Eslatib o'tamiz, turnirning ilk turida O'zbekiston U-19 terma jamoasi mahalliy "Shizuoka" klubi bilan 3:3 hisobida durang o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: UFA