"Sautgempton" Ingz bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
5 dek 2020, 22:40
Jamoa ustozi uning sport formasidan hayratda.

"Sautgempton" rahbariyati forvard Denni Ingzga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Sky Sports.

Manbaning xabariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl futbolchining sport formasidan hayratga tushgan va u bilan amaldagi shartnomani uzaytirish imkoniyatini muhokama qilgan.

28 yoshli o'yinchi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 7 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.   

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports