

- Saudiya Arabistoni va Yaponiyaning Jahon chempionati 1-turidagi g'alabalari tasodifmi?
- Saudiya terma jamoasining Argentina ustidan qozonilgan g'alabasini tasodif deb hisoblamayman, men o'yin oldidan kamida durang kutgandim. Saudiyalik o'yinchilarni yaxshi bilaman, hozirgi vaqtda juda tartibli va yahshi o'yin namoyish etishmoqda. Yaponiya va Saudiya terma jamoalarini uzoqqa borishini bashorat qilgandim, Yaponlar oldindan katta turnirlarda yaxshi ishtirok etishadi va kuni kecha ular Germaniyani mag'lub etishdi tartibli va intizomli o'yin ko'rsatib, shuning uchun Yaponiya va saudiyaliklarni turnirda yaxshi ishtirok etishiga ishonaman va keyingi o'yinlarda Saudiya Arabistoniga huddi shunday xohish va motivaciya bilan o'ynashishi kerak. Agarda keyingi o'yinlarda Argentinani yutgani uchun jamoa bemalol o'ynasa, Meksika va Polsha ham kuchsiz raqib emas, pley-off bosqichiga chiqish uchun huddi shunday tartib va xohish bilan o'ynashi kerak. Yaponiya guruhdan chiqsa kerak, chunki ularning imkoniyatlari ko'p va ko'p yapon o'yinchilari Yevropaning yaxshi chempionatlarda o'ynashadi. Yaponlar Yevropa futbolini ancha yaxshi bilishadi.
- Saudiya Arabistonida Yosir Al Shahroni bilan Samlon Al Faraj jarohat oldi. Bu qanchalik katta yo'qotish?
- Bu katta yo'qotish, chunki ikki o'yinchi ham terma jamoada va o'z klublarida muhim va yetakchi o'yinchilar, biri chap qanotda o'ynaydi va biri esa maydon markazini nazorat qiladi. Bu yo'qotishlar jamoaga ta’sir qiladi.
- Sizning fikringizcha kim chempion bo'ladi?
- Finalda Braziliya va Fransiya o'ynashini kutayapman. O'zim Braziliya terma jamoasiga muxlislik qilyapman.




