Saudiya Proligasi. "Al Nassr"dan yirik g'alaba. Ronaldudan dubl

Khoja
21 sen 2025
"Al Nassr" Saudiya chempionatining 3-turida "Ar Riyod" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda mezbonlar 5:1 hisobida g'alaba qozonishdi. "Al Nassr" safida gollarga Joau Feliks (dubl), Krishtianu Ronaldu (dubl) va Kingsli Koman mualliflik qilishdi. Mehmonlar safidagi yagona golni Mamadu Silla o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Ayni vaqtda "Al Nassr" uchta turdan so'ng 100 foizlik natija bilan turnir jadvalida "Al Ittihod" bilan boshqarib bormoqda. 



KhojaMuallif
Manba: Championat.asia