

Saudiyaning Al Hilol va Al Nassr jamoalari germaniyalik himoyachining xizmatlariga muxtoj. Agar 31 yoshli himoyachi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga rozilik bersa, dunyodagi eng ko'p haq oluvchi himoyachiga aylanadi.
Biroq na Real Madrid, na himoyachi bu taklifni qabul qilgan. Madridliklar himoyachi bilan xayrlashish niyatida emasligini ma'lum qilgan bo'lsa, Antonio Ryudigerning o'zi hali yana bir necha yil davomida TOP jamoada o'ynash niyatida ekanligini ma'lum qilgan.



