Saudiya Arabistoni hamda O'zbekiston o'rtasidagi hal qiluvchi bellashuvni kimlar sharhlaydi?

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2021, 19:44
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.

Guruhning hal qiluvchi o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da "King Saud University Stadium"da start oladi. "Sport" telekanalidagi o'yinnining o'zbekcha talqinida Abdulla Nurmonov va Sardor Rahimov, ruschada Otabek Jo'raev ishlaydi. Shuningdek, "Futbol TV"da namoyish etiladigan to'qnashuvni Davron Fayziev bevosita stadioning o'zidan sharhlab boradi. 

JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bosqichi

15.06.2021, 23.00

S.Arabistoni - O'zbekiston

Bosh hakam: Xyung Jin Ko (J.Koreya)

Qanot hakamlari: Jaeol Yun, Sang Jun Park (J.Koreya)

Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)

23:00 da boshlanadigan bahs saytimiz orqali ham matnli translyatsiya qilinadi. Demak, bizdan aslo uzoqlashmang. Olg'a, O'zbekiston!

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia