"Sassuolo" Skamakka uchun qancha so'rayotgani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
28 dek 2021, 00:26
"Yuventus" "Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakka bilan shartnoma imzolamoqchi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Turin klubi 22 yoshli forvard bilan qishda shartnoma imzolamoqchi. "Sassuolo" esa transfyerdan kamida 40 million evro ishlab olmoqchi.

"Yuventus" esa narxni tushirish payiga tushgan.

Ushbu mavsumda forvard "Sassuolo" tarkibida 19 o'yinda qatnashib, 6 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport